Barcha yangiliklar
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL TURON MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
Gallery image 14476
Gallery image 14477
Gallery image 14478
ERKINOV JAXONGIR AKTAMXON O‘G‘LI
31 Iyul 2024
09:18

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL TURON MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

Bugun Turon mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova , Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev va Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i R.Husanovlar fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishdi. Unda idora-tashkilot rahbarlari va mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi.

 Qabulda elektr ta’minoti, tibbiy yordam, kadastr, moddiy yordam singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.