Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Gallery image 135182
Gallery image 135183
Gallery image 135184
Gallery image 135185
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
01 May 2026
11:46

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari doirasida Shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov B.Marg‘iloniy mahallasida bo‘lib, kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish olib bordilar. 

O‘rganish jarayonida mahalla raisi ham ishtirok etib, mavjud muammo atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaat bo‘yicha masalaga daxldor tashkilotlar rahbarlari bilan tezkor aloqaga chiqilib, muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan kelishuvga erishildi.