Barcha yangiliklar
#Deputat_faoliyati
Gallery image 135034
Gallery image 135035
Gallery image 135036
Gallery image 135037
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
31 Mar 2026
09:26

#Deputat_faoliyati

#Deputat_faoliyati

#mahalla_ettiligi_faoliyati_tahlil_etildi 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Melikov "Do'stlik" mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi”ning ish faoliyatini o'rgandi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, murojaatlar ijrosi, ijtimoiy muammolarni hal etish mexanizmlari hamda mahalla “yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati tahlil qilindi.

 Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

• Mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holati

• Aholi murojaatlarining ko‘rib chiqilishi va ijrosi

• Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi

• Ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

 Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla binosida tashkil etilgan tikuvchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor ayol faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Tadbirkor tomonidan yaratilgan ish o‘rinlari hamda ishlab chiqarish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish va mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.