Barcha yangiliklar
Mahalladagi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Gallery image 134997
Gallery image 134998
Gallery image 134999
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
27 Mar 2026
09:12

Mahalladagi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Mahalladagi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

 Sariosiyo tumani chegara hududidagi “Hamkorlik” mahallasida joylashgan 81-sonli maktabda xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati S.Qosimov hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi rahbari X.Normatov, zahiradagi faxriylar, CHQBT rahbarlari hamda yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularning intellektual, ijodiy va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ularda mustaqil Vatanni himoya qilish, uning xavfsizligi yo‘lida fuqarolik burchi va mas’uliyatini chuqur anglash, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida har qanday xizmatga doimo tayyor turish kabi fazilatlar shakllantirilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir davomida yoshlar uchun sport musobaqalari hamda harbiy-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.