Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
Gallery image 134907
Gallery image 134908
Gallery image 134909
Gallery image 134910
Gallery image 134911
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
30 Apr 2026
21:09

DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida deputatlar tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Eshboyev, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A. Turdiyev hamda tuman Kengashi deputati X. Tavasharovlar tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi. 

Xususan, tumandagi Shakarqamish mahallasida yashovchi fuqaro Arisbayev Akmal Baxtiyorovichning murojaati asosida u tuman tibbiyot
birlashmasi shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, uning davolanishi va zarur jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun viloyat
tibbiyot birlashmasiga bepul davolanish yo‘llanmasi berildi.
 

Mazkur holat fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tezkor va samarali hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.