Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 134893
Gallery image 134894
Gallery image 134895
Gallery image 134896
Gallery image 134897
Gallery image 134898
Gallery image 134899
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
30 Apr 2026
19:55

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan hududlarda olib borilayotgan qurilish va infratuzilma ishlari ustidan tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashi deputatlari A. Mamatmuratov, D. Turopova hamda kotibiyat bosh
mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar tomonidan “Mustaqillik” 10-yilligi mahallasida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabi qurilishi bilan bog‘liq
infratuzilma ishlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida qurilish ishlari sifati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining tortilishi, hududni obodonlashtirish masalalari hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi. 

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini yanada oshirish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. 

Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati