Barcha yangiliklar
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 134845
Gallery image 134846
Gallery image 134847
Gallery image 134848
Gallery image 134849
Gallery image 134850
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
30 Apr 2026
19:15

Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi

Mazkur o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, asosiy e’tibor yoshlarning bilim olishi va jismoniy chiniqishi uchun yaratilgan sharoitlarga qaratildi.

💬 O‘rganish davomida quyidagilar tahlil qilindi:

✔️Kutubxona faoliyati:

Litsey kutubxonasining kitob fondi, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kutubxonani zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish va axborot-resurs markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✔️Sport zal holati:

Yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Sport zalining texnik holati, sport anjomlari bilan ta’minlanganligi hamda to‘garaklar faoliyatining samaradorligiga e’tibor qaratildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muassasa ma’muriyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

💬Deputatlar ta’lim muassasasi rahbariyati bilan suhbatda yoshlarning nafaqat intellektual salohiyatini, balki jismoniy sog‘lomligini ham baravar rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.