Barcha yangiliklar
Deputat bilan yuzma-yuz
Gallery image 134805
Gallery image 134806
Gallery image 134807
Gallery image 134808
Gallery image 134809
Gallery image 134810
Gallery image 134811
Gallery image 134812
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
30 Apr 2026
18:44

Deputat bilan yuzma-yuz

❗️Deputat bilan yuzma-yuz

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva va Kengash deputati D.Raxmatullayevlar navbatdagi uchrashuvlarini “Guzarboshi” mahalla fuqarolari yig‘inida o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvlar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiya asosida: Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar va yoshlar bandligi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan tashkil etildi.

📁 Tadbir davomida deputatlar yoshlar yetkachisi N.Solijonov va xotin-qizlar faoli F.Yuldashevalar bilan oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlarda ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, har bir yoshning ijtimoiy holatini o‘rganish, muammoli yoshlarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlash, erta nikoh, ajrim va boshqa ijtimoiy muammolarni oldini olish masalalarini atroflicha muhokama qildi. Xususan, ishsiz yoshlarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

🗣 Xulosa o‘rnida aytish joizki, bunday yuzma-yuz uchrashuvlar deputatlik faoliyatining amaliy samaradorligini oshiradi. Eng muhimi, aholi muammolarini bevosita joyida eshitish va ularni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ishonch mustahkamlanadi. Bu esa o‘z navbatida hududlarning barqaror rivojlanishi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishi hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi qarorlar qabul qilinishiga zamin yaratadi.