Barcha yangiliklar
Deputat "mahalla yettiligi” faoliyatini tahlil qildi
Gallery image 134751
Gallery image 134752
Gallery image 134753
Gallery image 134754
Gallery image 134755
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
27 Apr 2026
18:00

Deputat "mahalla yettiligi” faoliyatini tahlil qildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati G.Rayimova “Z.M.Bobur” nomli ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib, "mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish, uni aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida samarali ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mahalla tizimini yanada mustahkamlash, aholining muammolarini joyida hal etish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.