Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati olib borildi
Gallery image 134740
Gallery image 134741
Gallery image 134742
Gallery image 134743
Gallery image 134744
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
28 Apr 2026
17:59

Deputatlik nazorati olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-248-sonli Qarori ijrosi doirasida Amudaryo tumani “Daryo bo'yi” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 32-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti binosini rekonstruksiya qilish ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borildi.

Mazkur jarayon O‘zLiDeP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Y.Axmedov tomonidan amalga oshirildi. 

Mazkur obyektning eski binosi foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgani sababli to‘liq buzib tashlangan. Hozirgi kunda hududda yangi zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.