Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI
Gallery image 134725
Gallery image 134726
Gallery image 134727
Gallery image 134728
XUDAYBERDIYEVA MOXIDIL NORBOYEVNA
30 Apr 2026
17:52

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

   

Xalq deputatlari shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi G.Bobomurodova hamda xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri E.Davlatov hamda bosh mutaxassis M.Xudoyberdiyevalar tomonidan shahar soliqinspeksiyasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish natijasida inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilganligi, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi, ishonch telfonlari yo‘lga quyilganligi, inspeksiyada doimiy ravishda yig‘ilishlar tashkil etilib, xodimlar ogohlikka chaqirilishi aniqlandi. Deputatlar tomonidan inspeksiyada korrupsiyani oldini olishni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.