Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar  “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Gallery image 134627
Gallery image 134628
Gallery image 134629
Gallery image 134630
Gallery image 134631
Gallery image 134632
Gallery image 134633
Gallery image 134634
Gallery image 134635
Gallery image 134636
Gallery image 134637
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
30 Apr 2026
17:15

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida markazda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, ijtimoiy xodimlarning faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, tuman Kengashi qaroriga asosan ijtimoiy xodimlar uchun kompyuter jamlanmalari xarid qilish hamda ijtimoiy reyestrda turgan 11 nafar fuqaroning uy-joylarini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.