Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari tinglandi
Gallery image 14403
Gallery image 14404
Gallery image 14405
Gallery image 14406
Gallery image 14407
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
31 Iyul 2024
11:38

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahallalar darajasida aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechimini topish, ijtimoiy himoya tizimining manzilliligi va shaffofligini taʼminlash orqali fuqarolar yashash sharoitlarini yana-da yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati 30-Qayirma saylov okrugidan saylangan Jozilov Zarif Abdug‘ofurovich tomonidan tumandagi mahallalarda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda sayyor qabullar va hududlarda uyma-uy yurib o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar natijasida fuqarolardan kommunal sohaga oid (elektr energiyasi, ichimlik suvi va yo‘l infratuzilmasi), shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar tegishli tartib o‘rganib, ijobiy hal qilish choralari ko‘rilmoqda.