Barcha yangiliklar
Deputat hududda ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Gallery image 134590
Gallery image 134591
Gallery image 134592
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
29 Apr 2026
17:01

Deputat hududda ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Tuman Kengashi deputati M.Egamnazarov hududda ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish va tortish ishlarini joyida ko'rib chiqdi. O'rganish davomida mavjud muammolar, quvurlarni tortish jarayoni hamda ishlarning sifati ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillariga ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo'nalishdagi ishlar deputat tomonidan doimiy nazoratga olinadi.