Barcha yangiliklar
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Gallery image 134507
Gallery image 134508
Gallery image 134509
Gallery image 134510
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
30 Apr 2026
15:40

Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 14-okrug deputati Sh.Abdullayeva tomonidan “O‘nqo’rg’on“ mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, erta nikoh va ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish hamda ularni tadbirkorlikka jalb etish yo‘nalishidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.