Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A. Dadajonov tomonidan tumandagi “Shirinbuloq” mahallasi “yettilik” a’zolarining ish faoliyati o‘rganildi
Gallery image 134452
Gallery image 134453
Gallery image 134454
Gallery image 134455
Gallery image 134456
SHARIPOV HASANJON ZOKIRJONOVICH
30 Apr 2026
15:05

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A. Dadajonov tomonidan tumandagi “Shirinbuloq” mahallasi “yettilik” a’zolarining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A. Dadajonov tomonidan tumandagi “Shirinbuloq” mahallasi “yettilik” a’zolarining ish faoliyati o‘rganildi.

🏦O‘rganish jarayonida mahalladagi “yettilik” tomonidan aholi muammolarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, bandlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Mahalla hududida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda ularning ijrosi yuzasidan olib borilayotgan faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

📥Shuningdek, “yettilik” a’zolari bilan uchrashuv davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ish samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📉Yakunda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholi bandligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.