Barcha yangiliklar
#deputat_nazorati
Gallery image 134340
Gallery image 134341
Gallery image 134342
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
30 Apr 2026
11:36

#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov tomonidan Navgadi mahallasi hududidan o‘tuvchi “Avgir-2” kanalining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

✔️O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, ikki yil avval betonlashtirilgan mazkur kanal qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilgani sababli ayrim joylari yaroqsiz holga kelib qolgan. Natijada kanalda suv yo‘qotish darajasi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda, bu esa aholi va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

✔️Mazkur muammolarni bartaraf etish, kanalni sifatli ta’mirlash hamda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida deputat tomonidan tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktoriga deputat so‘rovi yuborildi.

✔️Holat yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan tezkor choralar ko‘rilishi hamda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi deputat nazoratiga olindi.