Barcha yangiliklar
Deputat tashabbusi bilan kam ta’minlangan oila xonadoni devori qayta tiklandi
Gallery image 134274
Gallery image 134275
Gallery image 134276
Gallery image 134277
Gallery image 134278
Gallery image 134279
SHARIPOV HASANJON ZOKIRJONOVICH
30 Apr 2026
10:58

Deputat tashabbusi bilan kam ta’minlangan oila xonadoni devori qayta tiklandi

Deputat tashabbusi bilan kam ta’minlangan oila xonadoni devori qayta tiklandi

Uzunqishloq MFY Soxil bo‘yi ko‘chasida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi bo‘lgan, kam ta’minlangan oila xonadon holati mahallada o‘rganishlar davomida alohida e’tiborga olindi.

✨ Xususan, xonadonning ko‘cha tomonidagi devori eskirib, ta’mirtalab holatga kelib qolgani sababli oila uchun muayyan qiyinchiliklar va noqulayliklar yuzaga kelayotgan edi.

✨Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tashabbusi bilan MFY “yettiligi” hamda mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkor hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatdi. Natijada xonadonning ko‘cha qismidagi devor to‘liq qaytadan qurilib, mustahkam holatga keltirib berildi.

🌐 Amalga oshirilgan ushbu xayrli ishlar orqali oila uchun yanada xavfsiz va munosib turmush sharoiti yaratildi. Bunday tashabbuslar mahallada ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.