Barcha yangiliklar
Yoshlar va deputatlar hamjihatligi: “Iftixor” MFYda manzilli yordamlar ko‘rsatildi
Gallery image 134263
Gallery image 134264
Gallery image 134265
Gallery image 134266
Gallery image 134267
Gallery image 134268
SHARIPOV HASANJON ZOKIRJONOVICH
30 Apr 2026
10:55

Yoshlar va deputatlar hamjihatligi: “Iftixor” MFYda manzilli yordamlar ko‘rsatildi

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Yurakka yo‘l”, “Umid”, “Mahallaning ishbilarmon ayoli” hamda “Inson qadri ulug‘langan yurt” aksiyalari Kosonsoy tumani “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘inida yuqori saviyada tashkil etildi.

📥Mazkur aksiyalarni samarali o‘tkazish maqsadida Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi raisi Solijon Mo‘minov boshchiligida 25 nafar faol yoshlar, Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputatlar, partiya vakillari, mas’ul idoralardan iborat jamoa faol ishtirok etdilar.

⌛Xonadonlarga tashriflar davomida aholining ijtimoiy holati chuqur o‘rganilib, ayniqsa yordamga muhtoj oilalarga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan ehtiyojlar asosida manzilli yordamlar ko‘rsatildi.

🔺Jumladan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi, shuningdek, ayrim oilalarga zarur maishiy texnika jihozlari yetkazib berildi. Bu esa aholining turmush sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.