Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 134096
Gallery image 134097
Gallery image 134098
Gallery image 134099
Gallery image 134100
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
29 Apr 2026
19:49

DEPUTAT NAZORATI

O‘rganish jarayonida qurilish ishlari borishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, qurilish materiallari sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, obyektda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralariga doir masalalar atroflicha tahlil qilindi. 

Deputat tomonidan qurilish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ishlar sifatini yanada oshirish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi. 

Ta’kidlanganidek, mazkur ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi hududdagi o‘quvchilarning zamonaviy sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash, ta’lim sifati va qamrovini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati