Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN   MAKTABDAGI QURILISH JARAYONlLARI OʻRGANILDI.
Gallery image 134092
Gallery image 134093
Gallery image 134094
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
29 Apr 2026
19:39

XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MAKTABDAGI QURILISH JARAYONlLARI OʻRGANILDI.

Oʻrganish davomida qurilish ishlarining sifati, ishlarning belgilangan meʼyor va talablarga muvofiq bajarilishi hamda qurilish materiallarining sifatiga alohida eʼtibor qaratildi.

 Shuningdek, obyektda ish jarayonining belgilangan grafik asosida olib borilishi, qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda taʼlim muassasasida zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Mutasaddilarga aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ish sifatini yanada oshirish hamda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.