Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA
Gallery image 133961
Gallery image 133962
Gallery image 133963
Gallery image 133964
Gallery image 133965
Gallery image 133966
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
29 Apr 2026
18:19

DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

Shu maqsadda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna tomonidan 9-“Bibizaynab” saylov okrugiga qarashli “Bibizaynab” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari tashkil etildi. 

Mazkur o‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.  

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xo‘janov, shuningdek kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mazkur yo‘nalishda ishlar samaradorligini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi. 

Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati