Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 133947
Gallery image 133948
Gallery image 133949
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
29 Apr 2026
18:13

Deputat faoliyatidan

Xotin-qizlar bandligi masalalari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri Magripova Ruzigul Toshniyozovna tomonidan hududda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, bandlikni ta’minlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va muammoli masalalarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar bandligini oshirish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.