Barcha yangiliklar
📍 "Harakat" mahallasida yoshlar masalalari o‘rganildi
Gallery image 133830
Gallery image 133831
Gallery image 133832
Gallery image 133833
MAMARAIMOVA IRODA SHERMUXAMMAD QIZI
29 Apr 2026
16:51

📍 "Harakat" mahallasida yoshlar masalalari o‘rganildi

📉O‘rganish jarayonida mahallada jami 1300 nafar yoshlar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ta’limga jalb etish, ularga kasb-hunar o‘rgatish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari tahlil qilindi.

📈Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar va mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

📈Xususan, yoshlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, sport va madaniy tadbirlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

📘Shuningdek, har bir yosh bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini tinglash va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi