Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 133815
Gallery image 133816
Gallery image 133817
Gallery image 133818
Gallery image 133819
Gallery image 133820
Gallery image 133821
Gallery image 133822
Gallery image 133823
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
29 Apr 2026
16:44

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish davomida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shaharda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Unda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi Z.Domilayev, rais o‘rinbosari M.Abdurahmonova hamda shahar hokimligi bosh mutaxassisi D.Abduvohidov ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida qabristonlarni saqlash, ulardan foydalanish hamda qabr usti yodgorliklarini o‘rnatishda ekologik, sanitariya va shaharsozlik me’yorlariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi Oʻrganishda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqilib, mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, qabristonlarni yanada obodonlashtirish, hududlarda tozalik va tartibni ta’minlash borasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, hasharlar tashkil etish orqali aholini ushbu jarayonlarga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusida qabristonlarni saqlash va obodonlashtirish ishlarini yanada tizimli yo‘lga qo‘yish, ekologik talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.