Barcha yangiliklar
19-Sharq saylov okrugi deputati Tadjiyeva Muxabbat Xaydaraliyevna  tomonidan okrug fuqarolari hamda hududda joylashgan tibbiyot muassasalari xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Gallery image 133634
Gallery image 133635
Gallery image 133636
Gallery image 133637
Gallery image 133638
Gallery image 133639
Gallery image 133640
Gallery image 133641
Gallery image 133642
Gallery image 133643
Gallery image 133644
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
29 Apr 2026
15:33

19-Sharq saylov okrugi deputati Tadjiyeva Muxabbat Xaydaraliyevna tomonidan okrug fuqarolari hamda hududda joylashgan tibbiyot muassasalari xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan olib borilayotgan faoliyat yuzasidan batafsil axborot berildi.

 Jumladan, saylovchilar bilan ishlash jarayoni, amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar hamda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, deputat tomonidan ilgari surilgan takliflar, qabul qilingan qarorlar hamda ularning amaliy natijalari yuzasidan ham batafsil tushuntirish berildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, ayniqsa tibbiyot sohasiga oid masalalar atroflicha o‘rganildi. O‘rganilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi. Har bir murojaat alohida nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.