Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 133574
Gallery image 133575
Gallery image 133576
Gallery image 133577
Gallery image 133578
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
29 Apr 2026
14:34

DEPUTAT NAZORATI

Mamlakatimizda hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda deputatlik nazorati ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich hamda tegishli korxona va tashkilotlar tashabbusi bilan hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Xususan, bugungi kunda tumanning “Xidirsho” mahallasida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilandi. Mazkur muammoni hal etish maqsadida hududga zamonaviy beton elektr ustunlari olib kelinib, ularni o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 

Ushbu chora-tadbirlar natijasida elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilishi, aholining turmush sifati yanada yaxshilanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, mazkur loyiha hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladi. 

Muhimi, amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida izchil monitoring qilinib, ularning samaradorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati