Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 133515
Gallery image 133516
Gallery image 133517
Gallery image 133518
Gallery image 133519
Gallery image 133520
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
29 Apr 2026
13:04

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 Deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi asosida 46-DMT faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat K. Xashimova tomonidan “Qarabog” mahallasi hududida joylashgan 46-son maktabgacha ta’lim muassasasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔍 Nazorat davomida muassasaning bugungi faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyaviy jarayonlar atroflicha o‘rganildi.

🏫 Shuningdek, muassasada mavjud kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📌 Deputatlik nazorati doirasida kelgusida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🤝 Bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy soha rivojini ta’minlash hamda aholining ehtiyojlariga tezkor javob berishga xizmat qiladi.