Barcha yangiliklar







AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
29 Apr 2026
10:13
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
Bu galgi oʻrganishlar “Ariq boʻyi” mahalla fuqarolar yigʻini hududida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar va aholi bandligini taʼminlash masalalariga qaratildi.
Oʻrganish davomida deputat mazkur mahallada faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning ish jarayoni va loyihalar quvvati bilan yaqindan tanishdi.
Xususan: YaTT Oripjonov Mirzo Oripjon Rahim oʻgʻli tomonidan tashkil etilgan issiqxona xoʻjaligi koʻzdan kechirildi.