Barcha yangiliklar
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
Gallery image 133380
Gallery image 133381
Gallery image 133382
Gallery image 133383
Gallery image 133384
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
29 Apr 2026
09:08

Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida

 Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida 

  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ–118-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Turgʻunov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini joriy etish bo‘yicha
amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ko‘rib chiqildi hamda mavjud bino-inshootlarning holati o‘rganildi.
Shuningdek, 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ochiq byudjet” dasturining 2025-yil 2-bosqichida g‘olib bo‘lgan 150 o‘rinli yangi bino ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda maktabda o‘quvchilar 2 smenada ta’lim olmoqda. Yangi bino qurilishi kelgusida o‘quvchilarni bir smenada o‘qitish imkonini yaratishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.