Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
Gallery image 133371
Gallery image 133372
Gallery image 133373
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
29 Apr 2026
08:51

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar tarbiyasi, ularning ta’lim olish sharoitlarini yanada yaxshilash, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ta’lim tizimidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ota-onalar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularga tegishli tushuntirishlar berildi. 

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tib, kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.