Barcha yangiliklar
Deputatlar tomonidan Choshtepa mahallasidagi poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati hamda ularni saqlash tartibi o‘rganildi.
Gallery image 133333
Gallery image 133334
Gallery image 133335
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
28 Apr 2026
19:33

Deputatlar tomonidan Choshtepa mahallasidagi poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati hamda ularni saqlash tartibi o‘rganildi.

#24_ta_masala 

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati 

#Deputatlar_faoliyati 

Deputatlar tomonidan Choshtepa mahallasidagi poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati hamda ularni saqlash tartibi o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda tuman Kengashi deputati Sh. Mirzaqulovlar tomonidan Choshtepa mahallasida joylashgan poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati, ularni saqlash tartibi hamda tibbiyot muassasasida DMED tizimidan foydalanish jarayonlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bemorlarga bepul dori vositalarini yetkazib berish tizimining shaffofligi, dorixona zahiralarining saqlanishi va ulardan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

 Mutasaddilar tomonidan dori vositalarini belgilangan tartibda saqlash, ularning yaroqlilik muddatlarini nazorat qilish hamda aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)