Barcha yangiliklar
Sog‘liqni saqlash muassasasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 133196
Gallery image 133197
Gallery image 133198
Gallery image 133199
Gallery image 133200
Gallery image 133201
Gallery image 133202
Gallery image 133203
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
28 Apr 2026
17:26

Sog‘liqni saqlash muassasasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosantumanning “S.Xondayliqiy” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati hamda ushbu muassasada olib borilayotgan ta’mirlash ishlari xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Azmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan o‘rganildi.

O‘rganish davomida Kengashning tegishli qarori (https://kengash.gov.uz/doc/210704)asosida muassasada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari (https://t.me/bust_kengash/7629) holati, tibbiyot muassasasi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shifokor va hamshiralar faoliyati, dori-darmon ta’minoti hamda moddiy-texnik baza ta’minoti atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning ish faoliyatida uchrayotgan muammo va takliflari tinglandi, shuningdek, fuqarolarning tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi o‘rganildi. 

Amalga oshirilayotgan ishlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.