Barcha yangiliklar
GULSHAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALASI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Gallery image 133121
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
28 Apr 2026
17:10

GULSHAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALASI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, mavjud muammolar hamda fuqarolar murojaatlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, bildirilgan murojaatlar tinglandi hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputat soʻrovi yuborish belgilanadi.

Mazkur o‘rganishlar hududda ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalardagi muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.