Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 133054
Gallery image 133055
Gallery image 133056
Gallery image 133057
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
28 Apr 2026
16:09

Deputat faoliyatidan

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik masalasi deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-sonli “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 9-Obodon saylov okrugidan saylangan deputat Xusanova Norbegim Rivojovna tomonidan tuman Markaziy shifoxonasining tug‘ruq bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishlar quyidagi yo‘nalishlar asosida amalga oshirildi:

— muassasada sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish holati;

— yuqumli kasalliklarning oldini olish va tarqalishini cheklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;

— tibbiyot chiqindilarini yig‘ish, saqlash va utilizatsiya qilish tartibining qonun talablariga muvofiqligi;

— xodimlarning sanitariya-epidemiologik bilim va malakasini oshirish, shuningdek, ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tish holati.