Barcha yangiliklar
HOKIM VA DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 133013
Gallery image 133014
Gallery image 133015
Gallery image 133016
Gallery image 133017
Gallery image 133018
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
28 Apr 2026
15:21

HOKIM VA DEPUTAT NAZORATI

Mazkur jarayonlar tuman hokimi va deputat tashabbusi va bevosita nazorati ostida olib borilayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Hududda yo‘llar ta’mirlanib, piyodalar yo‘laklari tartibga keltirilmoqda, ko‘cha chiroqlari yangilanib, tungi yoritish tizimi sezilarli darajada yaxshilanmoqda.

Shuningdek, mahallada yashil hududlar kengaytirilib, daraxt va gul ko‘chatlari ekilmoqda.

Aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bolalar maydonchalari barpo etilib, dam olish maskanlari obod qilinmoqda.

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, kotibiyati mudiri M.Xujanovlar ushbu ishlar bilan yaqindan tanishib, ularning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati