Barcha yangiliklar
Hokim va deputatlar Suv — hayot manbai
Gallery image 132977
Gallery image 132978
Gallery image 132979
Gallery image 132980
Gallery image 132981
Gallery image 132982
Gallery image 132983
Gallery image 132984
Gallery image 132985
Gallery image 132986
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
28 Apr 2026
15:02

Hokim va deputatlar Suv — hayot manbai

Tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholini suv bilan barqaror ta’minlash, tomorqalar unumdorligini oshirish maqsadida muhim qadam tashlandi. 

Yaqinda ishga tushirilgan yangi nasos stansiyasi nafaqat texnik inshoot, balki odamlar farovonligiga xizmat qiladigan ulkan loyihaga aylandi.

Mazkur tashabbus tufayli Mo‘minqul, Obshir, Marmin, Xidirsho va Jobu mahallalarida sug‘orish tizimi tubdan yaxshilanib, yerlar yanada serhosil bo‘lishiga zamin yaratilmoqda.

Endi aholi o‘z tomorqalaridan yuqori hosil olish, oilaviy daromadini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Bu kabi ezgu ishlar — yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lidagi amaliy qadamlarning yaqqol ifodasidir.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati