Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 132958
Gallery image 132959
Gallery image 132960
Gallery image 132961
Gallery image 132962
Gallery image 132963
Gallery image 132964
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
28 Apr 2026
14:24

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏥 Deputatlar tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari — N. Saidova hamda O‘zbekiston XDP Sherobod tuman Kengashi raisi, deputat M. Madarqulov hamkorlikda tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish olib bordi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi PF–88-sonli Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi.

🔍 O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

• Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini joriy etish holati

• Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va qamrovi

• Tibbiyot brigadalari hamda patronaj xizmatlari faoliyati

• Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasi

• Dori-darmon va tibbiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi

💬 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilar bilan muhokamalar o‘tkazilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.