Barcha yangiliklar
Sardoba tumanida “Yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 132932
Gallery image 132933
Gallery image 132934
Gallery image 132935
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
19 Mar 2026
12:46

Sardoba tumanida “Yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi

Haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati deputati M.Kenjayeva hamda Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi raisi R.Tashpulatov va deputat B/Bo'tayevlar Sardoba tumani 18-sonli umumta'lim maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini erkin bildirib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tinglanib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlash hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.