Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 132928
Gallery image 132929
Gallery image 132930
Gallery image 132931
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
19 Mar 2026
12:23

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi 5-Bog‘ora saylov okrugi deputati E.Nazarov tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

 Jumladan, navbatdagi fuqarolar qabuli davomida tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bir qator fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlar asosida ularni malakali shifokor ko‘rigidan o‘tkazish, zarur tibbiy maslahatlar berish hamda davolanish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

 Shuningdek, qabul jarayonida fuqarolarning salomatligini tiklashga qaratilgan amaliy yordam ko‘rsatilib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Aholi murojaatlariga tezkorlik bilan javob qaytarish, inson manfaatlarini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasidagi bu kabi ishlar izchil davom ettiriladi.м