Barcha yangiliklar









SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
28 Apr 2026
11:59
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
📌 Deputat xalq orasida
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida Qishloqbozor mahallasida yashovchi saylovchining murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🏡 O‘rganish davomida fuqaroning muammosi atroflicha tinglanib, uning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolariga yechim topish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
📊 Mazkur murojaat ijrosi nazoratga olinib, muammoni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.