Barcha yangiliklar
#deputat_nazorati
Gallery image 132819
Gallery image 132820
Gallery image 132821
Gallery image 132822
Gallery image 132823
Gallery image 132824
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
28 Apr 2026
10:51

#deputat_nazorati

#deputat_nazorati

Sh. Isamutdinov Ayni damda Amir Temur MFY hududidagi Saylgoh ko‘chasida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari jarayonini joyiga chiqib o‘rgandi. 

O‘rganish davomida hududdagi elektr energiya taʼminoti holatiga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Ko‘cha yoritish tizimining ishlash darajasi, mavjud elektr tarmoqlarining texnik holati hamda ularning xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi ko‘zdan kechirildi.

Sh. Isamutdinov masʼul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda elektr energiya uzluksizligini taʼminlash, tarmoqlardagi yuklamani meʼyorlashtirish hamda yoritish chiroqlarini to‘liq ishchi holatga keltirish bo‘yicha masalalarni muhokama qildi. Aholi uchun barqaror va sifatli elektr energiya yetkazib berish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, eskirgan elektr tarmoqlarini yangilash hamda energiya tejamkor yoritish tizimlarini joriy etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Jarayon doimiy nazoratga olinishi belgilandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)