Barcha yangiliklar
AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Gallery image 132760
Gallery image 132761
Gallery image 132762
Gallery image 132763
Gallery image 132764
Gallery image 132765
Gallery image 132766
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
28 Apr 2026
10:03

AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Joriy yilning 27-aprel kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati X.Gapparov tomonidan Navoiy shahar Orzu MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu hududda joylashgan Guliston bozoridagi oziq-ovqat narxlari o‘rganildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hudud aholisi bilan ochiq muloqot olib borish, ularning muammo va takliflarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilma holati, bandlik va kommunal xizmatlar sifatiga oid murojaatlar bildirildi. Deputat tomonidan ushbu masalalar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, deputat tomonidan Orzu MFY hududida joylashgan “Guliston” bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi. Monitoring jarayonida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining holati tahlil qilinib, ularning aholiga qulayligi va barqarorligi yuzasidan tegishli xulosalar qilindi. Ayrim mahsulotlar narxlarida o‘zgarishlar kuzatilgani qayd etildi hamda narx-navoning asossiz oshirilishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.