Barcha yangiliklar
Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi
Gallery image 132748
Gallery image 132749
Gallery image 132750
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
27 Apr 2026
09:31

Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi

🔹Bo‘stonliq tumani “Besh-tut” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 9, 10, 12-ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning elektr energiyasida kuzatilayotgan uzilishlar haqidagi ko‘plab murojaatlariga asosan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Mirabdullayevning tashabbusi bilan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan mavjud elektr energiyasi tarmoqlari yangilanib, yer ostidan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

🔹Mazkur tadbir natijasida ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uzluksiz elektr energiyasi ta’minotiga ega bo‘ldilar.