Barcha yangiliklar
Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyat mudiri "Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi" Zomin tumani bo'limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Gallery image 132730
Gallery image 132731
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
27 Apr 2026
09:18

Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyat mudiri "Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi" Zomin tumani bo'limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida kasaba uyushmasining hududdagi ta'lim muassasalari bilan hamkorligi, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, o'qituvchi va murabbiylar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning muammolari va takliflari yuzasidan fikr almashildi.

Mas'ullar tomonidan tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.