Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 132659
Gallery image 132660
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Apr 2026
08:43

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova tomonidan A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan hamda ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ayollarning tadbirkorlikni boshlashga oid taklif va tashabbuslari tinglandi, mavjud muammolar o‘rganildi hamda ularni hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar olib borildi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.