Barcha yangiliklar
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
Gallery image 132459
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
27 Apr 2026
18:32

Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Turdiyev tumandagi Matbuot uyida bo‘lib, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi holatini o‘rgandi. 

O‘rganish jarayonida rasmiy hujjatlar, e’lonlar va axborot materiallarining davlat tilida yuritilishi, til me’yorlariga rioya etilishi alohida e’tiborga olindi.

Shuningdek, mas’ullarga qonun talablariga qat’iy amal qilish, davlat tilining nufuzini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Davlat tiliga hurmat – bu millat sha’niga hurmatdir!