Barcha yangiliklar
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Gallery image 132453
Gallery image 132454
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
27 Apr 2026
18:28

Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A. Abdumuratov tomonidan Oqmang‘it MFY hududida joylashgan 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida muassasada bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi.

Xususan, bog‘cha binosi jiddiy ta’mirtalab holatda ekani, infratuzilmani yaxshilash zarurligi qayd etildi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Bolajonlar uchun munosib sharoit yaratish — ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.