Barcha yangiliklar
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
Gallery image 132439
Gallery image 132440
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
27 Apr 2026
18:24

Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati H.Sulaymonova tomonidan "Gumbaz" mahallasi fuqarolarining murojaatlari atroflicha o‘rganildi. 

Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar asosan ijtimoiy yordam masalalari hamda mahalladagi ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar bilan bog‘liq ekani aniqlandi.

️Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi. 

Aholining turmush sharoitini yaxshilash va muammolarni ijobiy hal etish doimiy e’tiborda bo‘ladi.