Barcha yangiliklar
"Mehnat" mahallasida yo‘l infratuzilmasi: "g‘olib" loyihalar ijrosi o‘rganildi
Gallery image 132428
Gallery image 132429
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
27 Apr 2026
18:20

"Mehnat" mahallasida yo‘l infratuzilmasi: "g‘olib" loyihalar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati J. Ochilov tomonidan Mehnat mahallasida “Tashabbusli budjet” doirasida "g‘olib" deb topilgan loyihalarning amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar, jumladan yo‘llarni ta’mirlash, yangi qoplamalar yotqizish hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, loyiha ijrosi sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 

Aholi manfaatiga xizmat qiluvchi bunday tashabbuslarning samarali amalga oshirilishi doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.